
Arina Sobolenko revang olaolmadi
Belaruslik tennischi Arina Sobolenko Ogayo shtatida o‘tayotgan "Western & Southern Open"ning uchinchi davrasida o‘z ishtirokini yakunladi.
Arinaga mazkur bosqichda gretsiyalik Mariya Sakkari qarshilik ko‘rsatdi. Ular o‘rtasidagi uchrashuvda Sobolenko 7:6, 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi "Premera" turkumidagi musobaqaning chorak finalida Sakkari avstraliyalik Eshli Barti bilan o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar