
“Bellator 294” turnirida qayd etilgan to‘liq natijalar bilan tanishing!
Gavai orolida “Bellator 294” turniri o‘z poyoniga etdi. Markaziy jangda Liz Karmush o‘ziga tegishli bo‘lgan chempionlik kamarini DeAnna Bennetdan himoya qildi. Shuningdek, bir qator qiziqarli qarama-qarshiliklar bo‘lib o‘tdi. Quyida, to‘liq natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Asosiy kard:
Super engil vazn (Ayollar, 56,7 kg)
Liz Karmush (AQSh) — DeAnna Bennett (AQSh) – Karmush 4-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Og‘ir vazn (120.2 kg)
Tim Jonson (AQSh) — Said Souma (Surinam) – Jonson hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Yarim engil vazn (Ayollar, 65.8 kg)
Arlin Blenkou (Avstraliya) — Sara MakMann (AQSh) – Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, MakMann zafar quchdi.
O‘ta engil vazn (61.2 kg)
Denni Sabatello (AQSh) — Markos Breno(Braziliya) – Sabatello 2-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alabaga erishdi.
Yarim o‘rta vazn (77.1 kg)
Levan Choxeli (Gruziya)— Maykl Lombardo (AQSh) – Choxeli ochkolarga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Predvaritelnyy kard
Engil vazn (70.3 kg)
Killis Mota (Braziliya) — Ken Kross (AQSh) – Mota ochkolarga ko‘ra, zafar quchdi.
Og‘ir vazn (120.2 kg)
Tayrell Forchun (AQSh) — Sergey Bilostennyy (Rossiya) – Rossiyalik jangchi 1-raundda taqiqlangan zarba yo‘llaganligi tufayli, chetlashtirildi va g‘alaba Forchunga yozildi.
O‘ta engil vazn (61.2 kg)
Kris Lensioni (AQSh) — Bleyk Smit (AQSh) – Lensioni 2-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
O‘rta vazn (83.9 kg)
Entoni Adams (AQSh) — Sharaf Davlatmurodov (Rossiya) – Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Davlatmurodov g‘alabaga erishdi.
Fikrlar