Bellator reytingi etakchisi navbatdagi jangini kim bilan o‘tkazmoqchi?

  • 20 yanvar, 2024, 15:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 P4P Bellator reytingi etakchisi Vadim Nemkov navbatdagi jangini kim bilan o‘tkazishni hohlashi haqida gapirdi.

Tecno

Afsuski, Ivan Shtyrkov bilan bo‘lgan jangimiz bir necha marta buzildi. Yo menda jarohat bor bo‘lib qoldi yoki u qandaydir muammolarga duch keldi. Albatta, Rossiyada shu qadar mashhur bo‘lgan bunday raqib bilan jang qilish men uchun qiziq bo‘lardi. Shuningdek, braziliyalik Klidson Abreu bilan uchrashish ham men uchun juda qiziq. Men revansh jangini o‘tkazib, o‘zimni tiklamoqchiman. Agar shunday imkoniyat yuzaga kelsa, men bundan xursand bo‘lardim", - deya Nemkov so‘zlarini keltiradi Metaratings.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda "Bellator 297" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Vadim Kuba vakili Yoel Romeroga qarshi jang o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!