Habib Nurmagomedov: Oʻzbekiston gʻalabaga juda och, yetakchisi - Husanov!
UFC afsonasi Habib Nurmagomedov 2026 yildgi jahon chempionati g‘olibini bashorat qildi va mundialda debut qilayotgan terma jamoalar orasida o‘zining uchta asosiy favoriti qatoriga O‘zbekiston terma jamoasini ham kiritdi.
— Sizningcha, jahon chempioni kim bo‘ladi?
— Birinchi navbatda — nemislar. Ularning muxlisi emasman, lekin baribir birinchi o‘ringa Germaniyani qo‘yman. Ikkinchi o‘rinda Niderlandiya bo‘ladi, deb o‘ylayman. Uchinchi pog‘onaga esa Ispaniyani qo‘yardim.
— Eng yaxshi to‘purar kim bo‘lishi mumkin?
— Keling, besh nafar nomzod aytaman: Kilian Mbappe, Lautaro Martines, Vinisius Juniyor, Joau Feliks va, albatta, Harri Keynni ham qo‘shish mumkin.
— Jahon chempionatiga ilk bor chiqqan qaysi terma jamoaga alohida muxlislilik qilyapsiz?
— Albatta, O‘zbekistonga! Jamoaning yetakchisi — Abduqodir Husanov. Umuman olganda, bu jamoa juda “och”, o‘zini ko‘rsatish istagi kuchli. Menimcha, kamida guruhdan chiqishlari kerak. Shuningdek, Kyurasao termasini ham tanlaymiz. Ular ham, nazarimda, birinchi marta ishtirok etyapti. Ularni shartli ravishda “mini-Niderlandiya” deb atash mumkin.
— Katta favoritlardan qaysi biri bu jahon chempionatida kutilmagan tarzda omadсизlikka uchrashi mumkin?
— Menimcha, Fransiya shunday jamoa bo‘lishi ehtimoli bor. Nima uchun? Chunki ularning ko‘plab yetakchi futbolchilari ortida juda og‘ir mavsum qoldi. Juda og‘ir, tinimsiz mavsum bo‘ldi. Futboldan “to‘ygan”, charchagan, jismonan ham, ruhon ham dam olishga muhtoj. Chempionatga “och” holda kelmasligi aniq. Shuningdek, Braziliya ham muxlislarni hayratda qoldirmasligi, aksincha, ko‘ngillarini qoldirishi mumkin, deb o‘ylayman.
— O‘zingiz shaxsan kimlarga muxlislilik qilasiz? Uchta sevimli jamoangizni ayta olasizmi?
— O‘zbekiston, Turkiya, Marokash.
— O‘zingiz jahon chempionati o‘yinlariga borasizmi?
— Qiziq savol. Menda barcha o‘yinlarga taklif bor. O‘ylaymanki, yarim finallar, final... yarim final va finalga borishim ehtimoldan xoli emas.
Joriy jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada stadionlarida o‘tkazilmoqda. Bu tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa (avvalgi 32 ta o‘rniga) ishtirok etayotgan kengaytirilgan formatdagi musobaqa hisoblanadi. Jamoalar 12 ta guruhga ajratilgan. Har bir guruhdan ikkita eng yaxshi jamoa, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan termalar orasidan eng yaxshi sakkizta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazdi. Debyut bahsi o‘zbekistonliklar mag‘lubiyati bilan yakunlandi — 1:3 hisob qayd etildi.

Fikrlar