Qozoklar bu sensatsiyani Husanovning “Siti”ga o‘tishidan avval e’lon qilmoqchi edi!
Markaziy Osiyo futbolini juda yaxshi biladigan rossiyalik futbol agenti German Tkachenko qozoqistonlik iste'dod Dastan Satpaev va o'zbekistonlik yulduz Abduqodir Husanov raqobati haqida gapirdi.
Uning ta'kidlashicha, qozoqistonliklar Satpaevning “Chelsi”ga transferi haqidagi e'lonni O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o'tishidan oldinroq e'lon qilishni xohlagan ekan.
- Ular uchun bunday raqobat bor. Mening ko'rganim shuki, ular Dastan Satpaev transferini Husanovnikidan oldinroq e'lon qilishni istashgan.
Amo bu sun'iy ravishda tashkil qilingan bitim emas. Bu haqiqatan ham katta muvaffaqiyat. Meni bu jarayonda ishtirok etishimga imkon bergan “Qayrat” klubidan minnatdorman, - dedi German Tkachenko.
“Qayrat” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Dastan Satpaevni Londonning “Chelsi” klubi 2025 yilning fevralida transfer qilgani haqida xabarlar tarqatilgan. Biroq qozoq futbolchisi 18 yoshga to'lgunga qadar “Qayrat” jamoasida to'p tepib turishi kelishilgan.
Rasman Dastan Satpaev 2026 yil 12 avgust kuni 18 yoshga to'lib voyaga yetgach, “Chelsi” futbolchisiga aylanadi. Ekspertlarning ta'kidlashicha, Dastan Satpaev avval “Chelsi”ning yoshlar jamoasida tajriba oshirishi kutilmoqda.
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi esa, Dastan Satpaev “Chelsi” bilan hamkorlik o'rtatishidan bir necha kun avval rasmiylashtirildi. 2025 yilning 20 yanvar kuni “shaharliklar” Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan “Lans” hisobiga 40 million yevro to'lab, o'zbek futbolchisining transferini bitta-da hal qildi.
Ayni paytda 22 yoshli Husanov “Manchester Siti” himoya chizig'ining asosiy figuralaridan biriga aylangan.
Yakunlangan mavsumda Abduqodir Angliya Premier-ligasi, mamlakat kubogi, Liga kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida jami 37 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogi sohibi bo'lgan Husanovning transfermarkt portalidagi qiymati mavsum yakuni bo'yicha 50 million yevroga ko'tarildi.
Mashhur agent Portugaliya O'zbekistonni engishiga ishonmayapti!
Ispaniyada porlagan yulduz: Hech kim o'zbeklarni qattiq tanqid qilmaydi, ular o'yindan zavq olsin!
O'zbekistonning mag'lubiyatdan keyingi ishi meksikaliklarni hayratga soldi

Fikrlar