Bugun eng qiziqarli va shiddatli bo‘lishi kutilayotgan o‘yinlar

  • 30 oktabr, 2019, 15:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Angliya chempionatining o‘zida 2 ta markaziy bellashuv bo‘ladi. Bundan tashqari, yana bir qancha bahslar millionlab ishqibozlarni e’tiborini o‘ziga jalb etishi turgan gap. Biz eng qiziqarli va shiddatli bo‘lishi kutilayotgan o‘yinlarga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

 

"Liverpul" - "Arsenal"

APLning grand jamoalaridan ikkitasi o‘zaro to‘qnash keladi. Jahon yulduzlaridan iborat tarkibga ega bo‘lgan ikkita jamoaning o‘zaro bellashuvi anchagina qiziqarli kechishini oldindan tahmin qilish qiyin emas. "Liverpul" chempionat davomida birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi. "Arsenal"da esa ularning soni 2 ta va yana 4 ta durang natijani qayd etgan. Xech kim to‘xtatib qola olmayotgan "Liverpul" 1 marotaba durang qayd etgan holos. Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadigan uchrashuvda kimni qo‘li baland kelishini bahs yakunidan so‘ng bilib olamiz.

 

"Chelsi" - "Manchester Yunayted"

APLning yana 2 ta grand jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari doim yuqori tempda o‘tgan. Bugungi kun bo‘lsin, yillar oldin bo‘lsin yoki o‘tgan asr bo‘lsin doim ham chiroyli o‘yin ko‘rsatib berishgan. APLning 10 ta turidan keyin, "Chelsi" 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, MYu 4 ta durang va yana 3 ta mag‘lubiyatga ega bo‘lib turibdi. Butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega bo‘lgan ikkita klubning o‘zaro yo‘ini Toshkent vaqti bilan soat 01:05 da boshlanadi.

 

"Valensiya" - "Sevilya"

La Liganing 11-turida mamlakatning grand jamoalariga raqobatlik qila oladigan 2 ta jamoa to‘qnashuvi ham qiziqarli kechishini tahmin qilish qiyin emas. Ikkala jamoa ham super klub bo‘lishmasa-da, har qanday kuchli raqibga bosh og‘riq bo‘la olishadi. Bu jamoalar bir-biriga qarshi o‘ynaganida, g‘olib kim bo‘lishini oldindan tahmin qilish bir muncha mushkul. Hattoki, ikkala klubning ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib turib, dunyo bo‘ylab ko‘plab muxlislarga ega ekanliklariga shubha qilmaymiz.

 

"Real" - "Leganes"

Markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lmasa ham millionlab muxlislar e’tiboriga ega bo‘lgan bahs. Bunga asosiy sabab, bu Madrid klubining o‘yinlarini kuzatib boruvchi shaxslar ko‘pligidadur. Ammo Ronaldu kabi yulduzli futbolchi bilan xayrlashganidan keyin, keskin darajada muxlislar soni kamayib ketgan, ammo jamoaning sodiq muxlislari bor ekanki, klubning o‘yinlarini kuzatish darajasi hamon yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi. "Leganes"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da boshlanadi.

 

"Yuventus" - "Jenoa"

Bugun mezbon sifatida maydoniga tushadigan jamoa haqida ortiqcha ta’rifga hojat ham yo‘q. Ayniqsa Krishtianu Ronaldu jamoaga kelganidan buyon muxlislar soni rekord darajagacha ko‘tarilib ketgan. Turin klubining hari bir bellashuvni katta qiziqishlar bilan kuzatib boruvchilar soni nihoyatda ko‘p. Kuni kecha "Inter" g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Turinliklar o‘z mavqeilariga yarashib turguvchi faxrliy pog‘onaga qaytib olish uchun bugun faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlari talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!