Byanka Andreesku ikki oydan buyon mag‘lub bo‘lmayapti
Xitoy poytaxti Pekin shahrida WTA tomonidan o‘tkazilayotgan "China Open" musobaqasining chorak finalida ishtirok etadigan tennis malikalari hamon aniqlanmoqda.
Unda kanadalik tennisichi Byanka Andreesku uchinchi davrada amerikalik Jennifer Bredini 6:1, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi turnirining chorak finalida mavsum kashfiyoti bo‘lgan Byanka yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kortga chiqadi.


Fikrlar