
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
“Chelsi”ning sobiq himoyachisi Vilyam Gallas hozirgi tarkibda joriy mavsumni eng yomon o‘tkazayotgan futbolchilar nomini aytdi.
- O‘ylashimcha, Rahim Sterling ishonchli oqlay olmagan futbolchi bo‘ldi. Uning o‘yinini ko‘rib, “Liverpul” va “Manchester Siti”dagi darajasiga ko‘tarila olishiga ishongim kelmaydi.
Sterling “Chelsi”dagi ikkinchi mavsumida ham o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Faoliyatida juda ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritgan yigit “aristokratlar” uchun ham nimdir qilishi kerak. Lekin jamoaga biror foydasi tekkani yo‘q.
Hafsala pir qilgan yana bir o‘yinchi Mixail Mudrik bo‘ldi. Bu o‘yinchida o‘ziga ishonch va futboldan zavqlanish yo‘qdek ko‘rinmoqda, - dedi Vilyam Gallas.
Fikrlar