“Liverpul”ga maslahat: Gol kerakmi, Levandovski bor!
Angliya futbolining yorqin namoyondalaridan biri Jo Koul “Liverpul”ning hozirgi tarkibini qanday kuchaytirish kerakligi haqida fikr bildirdi.
- Menimcha, jamoaga oldingi chiziqda tajribali futbolchi kerak. Robert Levandovskini sotib olish mumkin. U yangi chaqiriqni qabul qilishga qiziqadi.
Robert bir mavsumda taxminan 30 ta o‘yin o‘tkaza oladi va gol urish qo‘lidan keladi, - dedi Jo Koul Goal portaliga.
37 yoshli polshalik futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Shuning uchun hujumchini mavsum tugagach, bepul qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi.
La Liganing joriy mavsumida Levandovski 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi.

Fikrlar