Mertens Kavanidan o‘zib ketdi

  • 23 aprel, 2019, 00:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" hujumchisi Dris Mertens kecha A Seriyaning 33-turidan o‘rin olgan "Atalanta"ga (1:2) qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Bu gol esa 31 yoshli belgiyalik forvardning "Napoli" safidagi 105-goliga aylandi. Shu tariqa Mertens to‘purarlar ro‘yxatida Edinson Kavanidan o‘zib ketdi. Urugvaylik hujumchi hisobida "Napoli" safida 104ta gol mavjud edi.

Shunday qilib, Mertes klub tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘ringa egallab oldi. Undan oldinda faqatgina Attila Sallustro (108), Diego Maradona (115) va Marek Xamshiklar (121) bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!