Endi Husanov ham, Xoland ham o‘ynamaydi!

  • 23.09.2025 07:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining beshinchi turida chempionlik uchun kurashayotgan ikki qudratli jamoa – “Arsenal” va “Manchester Siti” o‘zaro to‘qnash keldi.

Tecno

Turning markaziy uchrashuvi sifatida e’tirof etilgan ushbu bahsda Erling Xoland 9-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Gabriel Martinelli hakam tomonidan to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtda “kanonirlar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bir ochko Xosep Gvardiolaga juda qimmatga tushdi. Eng katta yo‘qotish keyingi paytda “shaharliklar”ning eng zo‘r himoyachisiga aylanib qolgan Abduqodir Husanovning safdan chiqqani bo‘ldi. Shikastlangan legionerni murabbiylar shtabi tanaffusda zaxiraga oldi. Husanovning o‘yindan chiqishi manchesterliklar himoya chizig‘ini sezilarli darajada zaiflashtirib qo‘ydi.

Har holda eng og‘riqli nuqta – o‘ng qanot himoyasini ishonchli qo‘rg‘onga aylantira olgan o‘zbek futbolchisi himoya markazidagilarga ham yordam berib kelayotgan edi.

Rayan Ayt-Nurining jiddiy jarohatidan keyin himoyaning chap qanotida uning yo‘qligini bildirmay kelayotgan Niko O’Rayli hamda jamoa to‘purari Erling Xoland ham “Arsenal”ga qarshi to‘qnashuvda ayrim muammolarga duch keldi.

Nufuzli manbalardan biri – thesportsbank.net sayti “Manchester Siti”dagi vaziyatga oydinlik kiritdi. Sports.uz portali ushbu manba eksperti Pol Benksning “shaharliklar” jamoasida holat haqida to‘plagan ma’lumotlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland chorshanba kuni tunda Angliya ligasi kubogi uchinchi bosqichi doirasida  “Xaddersfild Taun” jamoasiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.  Bunga ikkita sabab bo‘ldi.

Birinchidan, “shaharliklar” bu musobaqada quyi liga vakiliga qarshi saf tortadi va bu bir necha kuch ichida ketma-ket uchta o‘yinda qatnashgan norvegiyalik forvard to‘liq salomat bo‘lgan taqdirda ham unga hordiq chiqarishi uchun dam berilishi kerak.

Ikkinchidan, Xolandning belida og‘riq paydo bo‘lgani uchun 25 yoshli futbolchi “Arsenal” bilan bo‘lgan o‘yinni oxiriga etkaza olmadi. Shu bois, bo‘lajak bahsda Xolandni ko‘rmasligimiz haqiqatga yaqin.

“Arsenal” bilan kechgan o‘yinda shikastlangan ikki qanot himoyachilari – Niko O’Rayli hamda Abduqodir Husanov ham “Xaddersfild Taun”ga qarshi bo‘ladigan bahsda maydonga tushmaydi, - deb yozdi Pol Benks.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak uchrashuvda Husanov, Xoland va O’Raylidan tashqari jarohati jiddiy bo‘lgan besh futbolchi – Rayan Sherki), Umar Marmush, Rayan Ayt-Nuri, Mateo Kovachich va Kelvin Fillips ham ishtirok etmaydi.

24 sentyabrga belgilangan Liga kubogi uchinchi bosqichi doirasidagi uchrashuvga “Xaddersfild Taun” jamoasi mezbonlik qiladi.

Bu adolatdan emas! “Siti” sardori Husanov jarohatiga munosabat bildirdi

Husanov – eng katta yo‘qotish!

Bizga Husanov etishmadi! “Siti” fanatlari Husanov haqida yana nimalar deyapti?

Turkiyani “yondirayotgan” Shomurodovni Italiyada qo‘msab qolishdi!

Husanov va Xolandning yo‘li ayrilishi mumkin...

Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

Tezkor: Jarohat olgan Husanovning ahvoli haqida dastlabki ma’lumot berildi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!