"Real" Ronalduga yordamga zo‘r to‘purar olib kelmoqda
Zinedin Zidan boshqarayotgan "Real" jamoasi tarkibini yanada kuchaytirmoqchi. Krishtianu Ronaldu boshchiligida Madrid klubi hujumkor o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati yangi to‘purar qidirib topdi.
"Real" yozgi transferlar mavsumida "Portu" to‘purari Andre Silvani olib keladigan bo‘ldi. Ayni paytda tomonlar muzokara olib bormoqda va ma’lumotlarga qaraganda, transfer bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. "Real" 21 yoshli futbolchi uchun 58 million evro to‘laydigan bo‘ldi.

Andre Silva Portugaliya chempionatida 15 ta uchrashuvda 10 ta gol urib peshqadamlik qilmoqda. Ushbu futbolchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar