Ronaldu “Bavariya” bilan o‘yinni sabrsizlik bilan kutmoqda

  • 31 mart, 2017, 23:10
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

Ispaniyaning “Real” klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu EChL chorak final “Bavariya”ga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutayotganini ma’lum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

- Ha bizni qiyin o‘yin kutmoqda. Lekin biz so‘nggi marta “Bavariya” bilan to‘qnashuvda juda yaxshi natijani qayd etganmiz. Bu gal ham shunday bo‘lishiga umid qilamiz. Qolaversa, men bu bellashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdaman, - deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, tomonlarning birinchi to‘qnashuvi 12 aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!