
Madrid klubi qoladigan va ketadigan yulduzlar ro‘yxatini e’lon qildi
Joriy mavsum Madridning “Atletiko” klubi chempionlik uchun kurashda “Barselona” va “Real”ga etarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadi.
Argentinalik bosh murabbiy Diego Simeone hozirdan kelasi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Tajribali mutaxassis birinchi navbatda jamoasiga kerakli o‘yinchilarni aniqlab oldi va klub rahbariyatini bu futbolchilar bo‘yicha takliflarni qabul qilmaslikka chaqirdi.
Fichajes saytining ma’lum qilishicha, Simeone etti futbolchining asosiy tarkibdagi joyini kafolatladi. Bu ro‘yxatdan Yan Oblak, Markos Lorente, Robin Le Norman, Pablo Barrios, Juliano Simeone, Aleksandr Sorlot va Xulian Alvares joy oldi.
Diego Simeone uchun eng muhim o‘yinchilardan biri argentinalik Rodrigo de Poldir. Uning shartomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Jamoa etakchisi bilan yangi bitim bo‘yicha hali kelishuvga erishilgani yo‘q.
Klub mutasaddilari agar Rodrigo shartnomani imzolamasa, yozda uni sotib yuboradi. Shuningdek, Xose Mariya Ximenes, Nauel Molina va Konor Gallaxer kabi kuchdi futbolchilar ham boshqa klublarga o‘tib ketishi mumkin.
Murabbiylar shtabi yangi mavsumda Xavi Galan, Koke va Grizmann kabi etakchi o‘yinchilarga suyanmaslikka qaror qilgan.
Fikrlar