"Saudiya Arabistoni jang qilish uchun ajoyib mamlakat»
Birinchi yarim o‘rta vazndagi sobiq jahon chempioni Amir Xon Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan jangi borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Saudiya Arabistoni katta janglarni o‘tkazish uchun ajoyib mamlakatdir. Men uchun bu yurtda jang o‘tkazish o‘ziga xos tajriba bo‘ldi. U erda jang qilish juda qiziqarli edi. Odamlar Endi Ruiz va Entoni Joshuaning revansh jangidan va ular bilan uchrashuvdan xursand bo‘lishadi.
Men har ikkisiga eng yaxshi tilaklarimni tilayman va oxir-oqibat, Saudiya Arabistonida qilgan ishimga e’tibor qarataman", dedi Xon.
Eslatib o‘tamiz: 12 iyulda Xon Saudiya Arabistonida o‘zining birinchi jangini o‘tkazib, yarim engil vazn toifasida sobiq chempion Billi Dibni mag‘lub etgandi.

Fikrlar