Hamzat Chimaev Shon Striklendga qarshi jangdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar orqali nimalar dedi?

  • 13.05.2026 13:25
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Hamzat Chimaev ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar bilan aloqaga chiqdi.

"Assalomu alaykum, aka-ukalar. Qo‘llab-quvvatlagan va xavotir olgan barchaга rahmat — Alloh taolo sizlarga sog‘liq-omonlik bersin. Ko‘p odamlar xavotir olganini ko‘rdim, buni juda qadrlayman. Biz taslim bo‘lmaymiz — ishlashni davom ettiramiz, formaga kirib, yana kamar uchun kurashamiz.

Ko‘plar raqib ortiqcha gapirgan bo‘lsa-da, nima uchun uning qo‘lini siqib, kamarni topshirganimni so‘rashdi. Menda mag‘lubiyatdan so‘ng nizo chiqarish odati yo‘q. Jangda men barcha kuchimni sarfladim, qila oladiganimni bajardim. Jang tugagandan so‘ng u kechirim so‘radi. Shu bilan men uchun hammasi yakunlandi", - dedi sobiq chempion.

Eslatib o‘tamiz, Chimaev oxirgi bor "UFC 328" turnirida oktagonga ko‘tarilib, Shon Striklenddan ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!