
1 dan 99 gacha - "Andijon" futbolchilari to‘p suradigan raqamlar!
“Andijon” klubi ham yangi mavsumga tayyor. Jamoa ilk o‘yinini 3 mart kuni Olmaliqda OKMKga qarshi o‘tkazadi.
“Andijon”ning asosiy tarkibidan jami 27 nafar futbolchi o‘rin olgan. Ushbu o‘yinchilarning qaysi raqamlarda to‘p surishi oydinlashdi.
Masalan, o‘tgan yili jamoa yulduziga aylangan va klubni tark etgan Rubin Xebay 99-raqamda to‘p surganini yaxshi bilasiz. Endi ushbu raqamda “Andijon”ning yangi a’zosi tojikistonlik Shaxram Samiev harakat qiladi.
TsSKAdan kelgan yana bir yosh hujumchi Luka Zgurskiy esa o‘ziga 51 ni tanladi. Xullas, asosiy tarkib a’zolarida 1 dan 99 gacha bo‘lgan raqamlar mavjud.
Fikrlar