10 dekabrda Klichko – Joshua jangi rasman e’lon qilinishi mumkin

  • 28 noyabr, 2016, 17:08
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

10 dekabr kuni Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) va Entoni Joshua (17-0, 17 KO) o‘rtasidagi jangning vaqti va joyi rasman e’lon qilinishi mumkin. Bu britaniyalik bokschining Erika Molinaga (25-3, 19 KO) qarshi Manchesterda bo‘ladigan 10 dekabr kungi jangidan so‘ng ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Tecno

Super og‘ir vazn toifasida IBF versiyasi bo‘yicha jahon chempioni promouter Eddi Xirnning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga etib kelgan.

Barcha asosiy shartlar deyarli kelishib olindi. Ular barchasi ideal bo‘lishini xohlamoqda, – deydi Xirn.

Agar Joshua Molinani mag‘lub etsa, britaniyalik bokschi va Klichko IBF kamari uchun kurash olib boradi. G‘olib shuningdek, WBA tituli super og‘ir vaznda «superchempionligi»ni ham qo‘lga kiritadi. Avvalroq jang “Uembli” stadionida tashkil etilishi aytilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!