
11 yil avval Ckudetto qahramonlari qaerda edi?
Bugungi «Inter»ning kuchli jamoa sifatida shakllanishida futbolchilarning tutgan o‘rni beqiyos. Xo‘sh, chempionlik uchun poygada eng muhim rolni ijro etgan futbolchilar 11 yil avval qaerda edi? Bugun shu savolga javob izlashga urinib ko‘ramiz.
Samir Xandanovich
2009/10 yilgi mavsum Samir uchun «Udineze» safidagi 4-bo‘ldi. Rafael Romaning klubga taklif etilishiga qaramay, sloveniyalik o‘z o‘rnini hech kimga berib qo‘ygani yo‘q. Birinchi raqam bo‘lishi kutilgan Roma 6 yil davomida atigi bir bor asosiy tarkibda maydonda tushdi, xolos. Samir 2009/10 yilgi mavsumda 40 o‘yinda maydonga tushdi, o‘z rekordini yangiladi. U ijro etgan 130 seyv klubni A Seriyada jon saqlab qolishiga ko‘mak berdi.
Milan Shkrinyar
12 yoshida «Jilina» yoshlar jamoasiga qabul qilingan Milan 2 yil o‘tib, professional fubol jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oradan yana 7 yil o‘tgach, Slovakiya futboli tarixidagi eng qimmat transfer evaziga «Inter»ga yo‘l oldi.
Stefan De Vrey
2009 yilning 17 iyul sanasida Stefan o‘z faoliyatidagi ilk professional shartnomaga imzo chekdi. «Feyenoord» klubi tomonidan asosiy jamoaga jalb etilgan himoyachi o‘sha yilning 24 sentyabr sanasida debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Ushbu suratda u endi 18 yoshga kirgan paytlari aks etgan. Shunga qaramay, De Vrey debyut mavsumida 21 o‘yinda maydonga tushgan.
Allesandro Bastoni
11 yil avval Bastoni endigina 10 yoshni qarshi olgan bolakay edi. «Atalanta» akademiyasida shug‘ullanar, kelajakda Bergamo klubi a’zosi bo‘lishi taxmin qilingan edi. Bolakay orzulariga erisha olmadi. «Atalanta» safida 7 bor maydonga tushgach, ijara asosida turli klublarga jo‘natib yuborildi. Bastoni 21 yoshga to‘lganida, «Inter»ning asosiy qurollaridan biri bo‘lishini taxmin ham qilmagan bo‘lsa, ajab emas.
Aleksander Kolarov
Ushbu tarkibdagi eng nomdor vakil! 2009/10 yilgi mavsumda Kolarov allaqachon yulduz maqomini olgan, «Latsio» bilan kubok va superkubogda zafar quchgan himoyachi edi. Mavsum yakunida u bilan «Yuventus» aloqaga chiqdi, lekin «Siti» taklif etgan pullar serbni qiziqtirib qo‘yadi. Natijada, qahramonimiz mo‘may pul evaziga Angliyaga yo‘l oladi. U «tumanli albion»da yo‘qolib qolgani yo‘q. Italiyaga bir nechta ulkan sovrinlar bilan qaytdi.
Danilo D’ambrozio
«Inter» Joze Mourino bilan EChL uchun kurash olib borayotganda, Danilo kamtarin «Yuve Stabio» safida to‘p surayotgan edi. U ishonchli o‘yini sababli «Torino»dan taklif oladi. Ko‘p o‘tmay, «buqalar» safidan Milanga ko‘chib o‘tadi.
Matteo Darmian
Milanda tavallud topgan Darmian A Seriya g‘olibligi uchun juda uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. 11 yil muqaddam u «Milan» tomonidan «Padova»ga ijaraga berib yuboriladi. 2011 yilda «Torino» safida borib qo‘shilgan himoyachi «buqalar»ni elitaga qaytaradi. Uyog‘iga nimalar bo‘lganini yaxshi bilasiz.
Martselo Brozovich
2009/10 yilda yarim himoyachi Xorvatiyaning ikkinchi ligasida 8 o‘yinda ishtirok etadi. Shuningdek, Xorvatiya (U 18) da debyut qiladi. Yakunda, uning klubi birinchi ligaga chiqadi. Martselo esa, tez orada grand klublar nazarga tushadi.
Nikola Barella
«Kalyari» akademiyasi tarbiyalanuvchisi! Oradan 5 yil o‘tgach A Seriyada debyut o‘yinini o‘tkazgan.
Stefano Sensi
«Rimini» klubi yoshlar jamoasi a’zosi sanalgan Sensi juda murakkab ahvolga tushib qoladi. Jamoa bankrot bo‘lgach, yosh futbolchi «Chezena»ga yo‘l oladi. Oradan 6 yil o‘tgachgina Italiya chempionatida debyut o‘yinini o‘tkazadi. Unga qadar, turli muammolarni engib o‘tishga to‘g‘ri kelgan.
Matias Vesino
«Tsentral Espanol» a’zosi 2010 yilning mart oyida asosiy jamoaga o‘tkazildi. 18 yoshida klub ishonchiga kirgan yigit 2 yildan so‘ng mamlakat birinchiligini qo‘lga kiritadi.
Arturo Vidal
2010 yil yakunida Vidal «Bayer» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi. 34 turning 31 uchrashuvida maydonga chiqib kelgan chililik 3 o‘yinni qizil kartochkalar uchun o‘tkazib yuboradi. E’tiborlisi shundaki, o‘sha mavsum Arturo 7 tur davomida qatorasiga sariq kartochka bilan siylangan. Aynan o‘sha mavsumda ilk bor terma jamoadan chaqiruv oladi.
Ashraf Hakimi
«Real» yoshlar jamoasi a’zosi! Professional futboldagi debyutini oradan 9 yil o‘tibgina amalga oshiradi.
Eshli Yang
11 yil avval Yang o‘z faoliyatidagi eng yorqin mavsumni o‘tkazgan edi. «Aston Villa» safida 9+17 natija! Afsuski, Angliya liga kubogi finalida birmingemliklar Yangning bo‘lajak jamoasi («Manchester Yunayted»)ga imkoniyatni boy berib qo‘yadi. Mavsum so‘ngida Yang ilk bor Angliya terma jamoasidan chaqiruv oladi.
Kristian Eriksen
Bu paytda Gollandiyaning «Ayks» klubida Kristian Eriksen o‘zining debyutiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Mart oyida u Amsterdam klubi safidagi ilk golini uradi. To‘g‘ri, kubok bahsi, ammo o‘sha yilning o‘zidayoq UEFA kubogida to‘p suradi. «Yuventus» bilan bahsni asosiy tarkibda boshlaydi. Yil yakunida, uni Gollandiyadagi eng yaxshi yosh futbolchi deb e’tirof etishadi. Daniya terma jamoasi esa, darrov uni o‘rtoqlik o‘yini uchun qaydnomasiga kiritadi.
Ivan Perishich
2009 yilning yozida Berlinning «Gerta» klubi ko‘rigida edi. Kelishuv amalga oshmagach, qahramonimiz Belgiyaning «Bryugge»si bilan shartnoma imzolaydi. «Sosho»dan kelgan yigitcha tezda chempionat muxlislari e’tirofiga tushadi. Mavsum so‘nggida uning hisobida 13+13 qayd etdi! Kelasi yili Ivan o‘zining 22 goli bilan to‘purar va MVP talqiniga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi futbolchi deb e’lon qilingan.
Romelu Lukaku
16 yoshli hujumchi o‘z jismoniy imkoniyatlari bilan butun dunyoni hayratda qoldirgan paytlar... «Anderlext» safida 25 daqiqa to‘p surish orqali u mashhurlikka erishgan. Debyut mavsumidayoq 15 gol urgan Lukaku 2010 yilda Belgiya terma jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazdi.
Lautaro Martines
Bu paytga 12 yoshli Lautaro basketbolchi bo‘lish uchun savatcha oldida shug‘ullanayotgan edi. Yakunda, futbolga bo‘lgan qiziqish g‘olib chiqadi.
Aleksis Sanches
2009/10 yilgi mavsumni Sanches Samir Xandanovich bilan birgalikda «Udineze» safida o‘tkazdi. 32 turda chililik hujumchi 5 gol urdi, xolos. Shunga qaramay, bu gollar «Yuventus», «Roma» singari grandlar darvozasidan o‘rin egallagan. Hujumchi hisobida shuningdek 5 assist ham mavjud. Yil yakunida uni Chili terma jamoasi JARdagi JChga olib ketdi.
Fikrlar