
15 ta klubdan taklif olgan yosh yulduz “Arsenal”dan yuz o‘girdi
“Arsenal”ning yosh hujumchisi Florin Balogun mavsum yakunlanishi bilan Londonni tark etishga qaror qildi.
19 yoshli amerikalik futbolchi Bundesligaga boradigan bo‘lyapti. U “Leyptsig” jamoasi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani aytilmoqda.
Balogun yozda erkin agent maqomini olishi bois yangi klubi safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.
Shu o‘rinda, jurnalist Fabritsio Romano Balogunga Evropaning 15 ta klubidan qiziqish bo‘layotganini ta’kidlamoqda. “Kanonirlar” esa iste’dodli futbolchini qolishga ko‘ndira olmayapti.
Fikrlar