
15 yili ichida futboldagi qariyalar qanday o‘zgarib ketdi? Jirkovdan Zlatangacha?!
Zlatan Ibrahimovich terma jamoaga qaytdi va Gruziyaga qarshi o‘yinda ishtirok etdi. Shu tariqa, Ibra JCh saralashlarida ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Rossiya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Yuri Jirkov bu ro‘yxatda 7-pog‘onani egallagan. Bugun faoliyatini hali-beri tugatmoqchi bo‘lmagan futbolchilar haqida so‘z boradi.
Pavel Pogrebniyak 37 yosh
15 yil avval: 2006 yilda «Tom» safida 13 ta gol kiritgach, terma jamoadan chaqiruv oldi. 2007 yilda esa, uni «Zenit» o‘z safiga qo‘shib oldi.
Nimalarga erishdi: Rossiya chempionligi, Rossiya kubogi, UEFA va UEFA superkubogi sohibiga aylandi. «Zenit»dagi sarguzashtlari yakunlangach, hujumchi Germaniyaga yo‘l oldi. Keyin Bundesligani APLga almashtirdi. Faoliyati davomida «Fulxem», «Reding» va «Shtutgart» singari jamoalarda to‘p surgan. 2015 yilda Rossiyaga qaytdi va «Dinamo» bilan FNL da g‘alaba qozondi. Keyinroq «Tosno» bilan Rossiya kubogida zafar quchdi.
Hozir qaerda: «Ural» a’zosi sanaladi. 11 o‘yinda 1 gol kiritgan.
Branislav Ivanovich
15 yil avval: «Lokomotiv» jamoasiga o‘tdi
Nimalarga erishdi: Branislavning faoliyati ajoyib. Uning yo‘nalishi - Serbiya – «Lokomotiv» – «Chelsi» – «Zenit» – «Vest Bromvich». U o‘zining ilk sovrinini Rossiyaning «Lokomotiv» jamoasida qo‘lga kiritgan. Rossiya kubogida zafar quchgan yigit keyinroq «Chelsi» bilan EChL va APLda g‘alaba qozondi. Rossiyaga qaytgach, ichki birinchilikdagi barcha sovrinlarni o‘ziniki qilib oldi.
Hozir qaerda: «Vest Bromvich» a’zosi. Joriy mavsumda ketma-ket 14 o‘yinda ishtirok etdi.
Frank Riberi:
15 yil avval: «Marsel»ning 2006 yildagi JChdan so‘ng eng qimmat futbolchisi edi.
Nimalarga erishdi: «Marsel» va «Galatasaray» safida sovrinlarni qo‘lga kiritdi. «Bavariya» tarkibida afsonaga aylandi. 12 yil davomida Myunxen jamoasi bilan 24 sovringa ega chiqdi. 2006 yilgi JCh finaliga qadar etib keldi.
Hozir qaerda: «Fiorentina» safida asosiy tarkib uchun kurash olib bormoqda.
Goran Pandev
15 yil avval: «Latsio» safida 11 gol kiritdi va ilk bor Makedoniyada yil futbolchisi deb e’tirof etildi.
Nimalarga erishdi: Faoliyatini deyarli Italiya klublarida o‘tkazdi. «Inter» bilan mamlakat chempionligi va EChLda zafar quchdi. Italiya kubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘alaba qozondi. U Italiyaning 3 klubi bilan Italiya kubogida zafar quchgan kam sonli futbolchilar sirasiga kiradi.
Hozir qaerda: Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bilan «Jenoa»da birga to‘p surmoqda.
Klaudio Bravo
15 yil avval: Argentinani tark etib, «Real Sosedad» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Nimalarga erishdi: Qisqa fursat ichida «Barselona» va «Manchester Siti» darvozasini himoya qilish darajasiga ko‘tarildi. Ispaniya va Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Evropa chempionlar ligasida zafar quchdi. Shuningdek, ikki karra «Kopa Amerika»da oltin medallariga ega chiqqan.
Hozir qaerda: «Betis»da muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Klas-Yan Xuntelar
15 yil avval: 2006 yilning yanvar oyida «Ayaks» bilan shartnoma imzoladi.
Nimalarga erishdi: Niderlandiya futboli afsonasiga aylandi. «Ayaks» bilan ichki birinchilikdagi 9 sovrinda g‘alaba qozondi. Amsterdamni tark etgach, «Real» safiga o‘tdi. Keyinroq, «Milan»da harakat qilganiga qaramay, asosiysi sovrinlarini «Shalke» bilan qo‘lga kiritdi. Nemis jamoasi tarkibida Germaniya kubogi va superkubogida g‘olib bo‘ldi.
Villi Kabalero
15 yil avval: Vataniga qaytdi va Sarandining «Arsenal» jamoasi bilan shartnoma imzoladi
Nimalarga erishdi: Argentina chempioni bo‘ldi. «Elche»da 7 yil, «Malaga»da 3 yil to‘p surdi. 2014 yilda «Manchester Siti» taklif qilgan shartnomaga imzo chekdi. Jamoa safida Angliya liga kubogida zafar quchdi.
Hozir qaerda: 2017 yildan beri «Chelsi» sharafini himoya qilmoqda. Argentinalik posbon «aristokratlar» bilan Evropa Ligasi va Angliya kubogida zafar quchdi.
Bruno Alvesh
15 yil avval: «Portu» bilan Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Nimalarga erishdi: Faoliyati davomida 6 mamlakat birinchiligida to‘p surdi. Portugaliya, Gretsiya, Rossiya, Turkiya, Italiya va Shotlandiya faoliyat olib bordi.
Hozir qaerda: Italiyaning «Parma» klubi sardori.
Zlatan Ibrahimovich
15 yil avval: «Yuventus»dan «Inter»ga o‘tdi.
Nimalarga erishdi: O‘z nomini futbol tarixiga o‘chmas harflar bilan yozdirib qo‘ydi. U EChLdan boshqa deyarli barcha sovrinlarni o‘ziniki qilib oldi. Angliya, Ispaniya, Italiya va Frantsiya birinchiligida fantastik gollar kiritdi. Ronaldu va Messining davrida tug‘ilmaganida, kamida 3 ta «oltin to‘p»ga ega chiqqan bo‘lar edi.
Hozir qaerda: «Milan» a’zosi va 15 o‘yinda 15 gol kiritgan.
Janluiji Buffon
15 yil avval: Italiya bilan JChda g‘alaba qozondi. «Yuventus» bilan faoliyatida 4-bor mamlakat chempionligini tantana qildi.
Nimalarga erishdi: JCh g‘olibiga aylandi, 10 karra Italiya chempioni sifatida tarixga kirdi. PSJ safida Frantsiya chempioni va superkubok egasiga aylandi. U «Yuventus»ning barcha zamonlardagi eng yaxshi darvozaboni sanaladi.
Hozir qaerda: Yana «Yuventus»ga qaytdi, ammo asosiy vazifasi kiyinish xonasidagi atmosferani yaxshilash.
Fikrlar