
15 yoshli futbolchi debyut kuni maydondagi mushtlashuvda halok bo‘ldi
Paragvaydagi futbol uchrashuvida dahshatli holat yuz berdi. San-Bernardino shahrining “Nasonal” jamoasi o‘yinchisi mushtlashuvda olgan jarohatlari oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
15 yoshli Ismael Dominges “Bokerona” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda “Nasonal”ning asosiy jamoasida debyutini o‘tkazdi. O‘yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.
Talato‘pda Dominges maydonga quladi va boshiga bir necha bor tepki edi.
“Nasonal” murabbiyi Leonardo Vit Dominges orqasidan zarba tekkanidan keyin uning qo‘liga xushsiz yiqilganini aytdi.
-Tibbiyot xodimlarimiz unga birinchi yordamni ko‘rsatdi. Lekin u nafas olmasdi, - dedi Leonerdo Vit.
Ismael Domingesni zudlik bilan “San-Pabolo” shifoxonasiga etkazishdi. Keyinroq boshqa shifoxonaga olib borildi va u erda boshidan olgan og‘ir jarohatlar oqibatida o‘yinchining joni uzilgani qayd etildi.
Paragvay prokuraturasi tergov olib bormoqda.
Fikrlar