Ibragimovich Mourinodan norozi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino qo‘l ostida o‘tayotgan mashg‘ulotlardan norozi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis to‘p bilan shug‘ullanishni afzal bilib, jismoniy harakatlarga e’tibor bermayotir. Aynan shu sabab futbolchilarga o‘yinda harakat etishmayapti.
Mourino boshchiligidagi“MYu”turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. Ibrahimovich bu mavsumda jamoasining barcha turnirlarida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 8 golga mualliflik qilgan.



Fikrlar