
19 yoshli Kin "Yuventus" safida dubl qayd etgan so‘nggi 37 yil ichidagi eng yosh futbolchi bo‘ldi
“Yuventus” klubi hujumchisi Moyze Kin kecha A Seriyaning 27-turidan o‘rin olgan “Udineze”ga qarshi bahsda dubl qayd etishga erishdi
Bundan bir necha kun muqaddam 19 yoshni qarshi olgan futbolchi shu tariqa turinliklar safida so‘nggi 37 yil ichida A Seriyada dubl qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda Opta Sports statistik portali xabar bermoqda.
Bunday natijani so‘nggi bor 1982 yil Juzeppe Galderizi uddalagan edi. U o‘shanda 18 yoshu 329 kunlik bo‘lgan.
Fikrlar