19 yoshli o‘zbek bokschisi qozog‘istonlik jahon chempionini mag‘lub etdi

  • 8 mart, 2020, 20:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Finlyandiyaning Xelsinki shahrida boks bo‘yicha "The Gee Bee" turniri bo‘lib o‘tayotgandi. Mazkur musobaqa finaliga chiqqan o‘zbekistonlik 19 yoshli Abdumalik Xalakov (-57 kg) qozog‘istonlik jahon chempioni Qayrat Eralievni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. 

Tecno

Yana bir vakilimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-63 kg) jarohat sababli, final jangiga chiqa olmadi va ikkinchi o‘rinni egalladi.

Uch nafar bokschimiz ishtirok etib, bitta oltin va bir kumush medalni qo‘lga kiritishi boz ustiga yosh hamyurtlarimiz bu natijani qayd etganligi yanada quvonarlidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!