2 ta o‘yinda urilgan 9 ta gol, 16 ta kartochka va chempion "Barselona" yoxud Ispaniya superkubogidagi "el-klasiko"!

  • 14 yanvar, 2024, 21:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan Ispaniya superkubogi o‘z nihoyasiga etish arafasida. "Real" va "Barselona" o‘tkaziladigan final o‘yinidan oldin ushbu turnirda bo‘lib o‘tgan "el-klasiko"lar ni yodga olamiz. Madridliklar final bosqichida "Barsa"ga 9 marta to‘qnash kelgan bo‘lsa, shulardan 7 tasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniyaliklar faqatgina Xavi va Gvardiola qo‘l ostidagina "qaymoqranglilar"ni taslim qila oldi. 

Ilk bor 1988 yilda Ispaniya superkubok finalida "Real" va "Barsa" o‘zaro o‘ynagan va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, "qirollik klubi" 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. Shundan keyin 1990, 1993 va 1997 yillarda ham Madrid jamoasi ushbu sovrinni "ko‘k-anorranglilar"ni enggan holda qo‘lga kiritgan. Eng qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan final 2011 va 2012 yillarda bo‘lib o‘tgan "el-klasiko"larga to‘g‘ri keladi.

Remembering the 2011 Spanish Supercup between Real Madrid and Barcelona -  Managing Madrid

2010/2011 yilgi mavsumda La Ligada Xosep Gvardiola shogirdlari g‘olib bo‘ladi. "Real" esa Ispaniya kubogini qo‘lga kiritadi. Finalda esa "Barsa"ni 103-daqiqada urilgan Ronalduning goli evaziga mag‘lub qiladi. Shu tariqa, bu ikki klub yana bir finalda to‘qnash kelishi kerak edi. Birinchi bahs "Santyago Bernabeu"da o‘tkaziladigan bo‘ldi. Jamoalarning tarkibi esa quyidagicha edi: 

Dastlab, 13-daqiqada Benzemaning o‘ng qanotda amalga oshirgan ajoyib harakatlari va O‘zilga bergan pasidan keyin turkiyalik futbolchi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 35-daqiqada Messi maydon markazidan turib qanotdagi Villaga to‘pni uzatdi va ispaniyalik hujumchi jarima maydonchasiga kirib o‘tirmasdan zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Taym so‘nggida Leo o‘zining qanotidan reyd uyushtirishga qaror qildi. Shu orada Pepeni maydon maysasi bilan yuzlashtirib, ichkariga kirib boradi va darvozaga to‘pni joylashtirib qo‘yadi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar burchak zarbasiga ega bo‘ldi, havodan uzatilgan pas kombinatsiyaga aylanib ketdi. To‘pni esa Pepe orqaroqdagi sherigi Alonsoga uzatdi va yarim himoyachi uzoq pastki burchakni nishonga oldi. Qolgan vaqtda boshqa gol urilmadi. Barchasi javob bahsida ma’lum bo‘ladi. 

Real Madrid News: Spanish Cup Final: Özil will play in the starting lineup

"Kamp nou"da bo‘lib o‘tgan uchrashuv ko‘plab voqealarga, gollarga va to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan. Gvardiola Pikeni boshlang‘ich tarkibga qaytardi, Mourino esa birinchi o‘yindagi tarkib bilan maydonga tushib keldi. 

15-daqiqada maydon markazidan to‘pni qabul qilib olgan Messi dastlab Karvalodan osonlik bilan o‘tib ketdi, oldidan chiqqan Xedirani ham aldadi va to‘rt futbolchi orasidan Inestga pas berib, birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Yarim himoyachi esa vaziyatdan foydalanib, hisobni ochdi. 20-daqiqada O‘zil burchak zarbasini amalga oshirdi. Xavi esa to‘pni qaytaraman deb, Benzemaning oyoqlari ostiga to‘pni tashlab berdi va Karim ichkariga erlatib zarba berdi. Uning rejasiga ko‘ra to‘p kimgadir tegib, darvozaga kirib ketishi kerak edi. Shunday bo‘ldi ham, Ronaldu gol urib, imkoniyalarni tenglashtirdi. Taym so‘nggiga qadar jamoalar himoyani unutdi, ketma-ket zarbalar, qarshi hujumlar va sekin-sekin keskin harakatlar ko‘paydi. 45-daqiqada "Real" himoyasida pala-partishlik sodir bo‘ldi. Pikening kutilmagan uzatmasidan keyin Messi ichkarida paydo bo‘ldi va darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 

Messi's Magic Sinks Real Madrid as Barcelona Wins Spanish Supercup - The  New York Times

O‘yin shiddati yanada oshdi. Maydonda hakam sarik kartochkalarini ayamayotgan, futbolchilar esa bir-birlarini ayamayotgan sahnalar haligacha videolarni bezagi bo‘lib keladi. 82-daqiqaga kelib Benzema hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 88-daqiqada Leo qanotdan uzatilgan to‘pni to‘xtatib o‘tirmasdan zarba yo‘llab, uchrashuvga nuqtani qo‘ydi. Bahs so‘nggi esa janjal bilan tugab, "Barselona" o‘ninchi marta kubokni qo‘lga kiritdi. 

Barcelona 3 Real Madrid 2: Cesc Fabregas wins Spanish Super Cup on debut as  another fiery clasico erupts | Daily Mail Online

Ikki to‘qnashuv natijasiga ko‘ra, futbolchilarga umumiy 13 ta sarik, 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Javob o‘yinidan keyin esa Mourino "Ball boy"lar to‘pni vaqtida maydonga qaytarmaganini ta’kidladi. Mutaxassis nafaqat tashqarida, balki maydon ichida ham vaziyatlarga aralashib turdi. Uning Messi va Fabregasga nisbatan nomaqbul ishoralari keng muhokama qilingandi. 

Lionel Messi can make any team win, says Jose Mourinho - India Today

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!