
2 yilga diskvalifikatsiya qilingan Papu Gomes futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi
Xabaringiz bor, Papu Gomesni doping qabul qilingani ma’lum bo‘ldi va futboldan 2 yilga chetlashtirildi. U 2022 yilgi mundialdan oldin ta’qiqlangan modda qabul qilgan.
Argentinalik insayder Gaston Edulning xabar berishicha, Gomes futbolchilik faoliyatini yakunlash niyatida. Avvalroq, 35 yoshli vinger "Sevilya" bilan shartnomasini bekor qilib, "Montsa"ga ko‘chib o‘tgandi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Papudan Jahon chempionati va Evropa ligasi kuboklari olib qo‘yilishi mumkin.
Fikrlar