
20 yoshli qiz tajribali Serena Uilyamsni sharmanda qildi
Bosh sovrin uchun aqshlik Serena Uilyams va yaponiyalik Naomi Osakalar o‘zaro bahs olib borishdi. 1 soat 19 daqiqa kechgan bellashuv 20 yoshli tennischining 6:2, 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Shu tariqa, o‘yin davomida 6 ta eysni amalga oshirgan Osaka US Open da bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
"Katta dubulg‘a"larda 23 bor g‘olib chiqqan Uilyams kechagi mag‘lubiyatda hakamlarni aybladi. Ikkinchi setda amerikalik raketka ustasi minoradagi hakamni so‘kkani uchun jarima geymiga "ega bo‘lgan edi".
Fikrlar