Kuman "MYu" jarohat etkazgan futbolchi o‘rniga superhujumchi talab qilmoqda

 
"Everton" bosh murabbiyi Ronald Kuman qishki transferlar vaqtida kuchli hujumchi olish kerakligini bildirdi. Uning ishongan futbolchisi Yannik Bolase "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jiddiy jarohat oldi.
 
- Biz odatdagidan ko‘ra kuchli hujumchi olishimiz shart, - dedi Ronald Kuman. - Yannik uzoq vaqtga safdan chiqdi. Futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘lishi ham mumkin.
 
Ayni paytda musobaqa jadvalida sakkizinchi pog‘onada borayotgan "Everton" yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!