La Liga, 15-tur. "Granada" va "Malaga" jangovar durang qayd etdi

 

Ispaniya chempionati 15-tur ilk o‘yinida "Malaga" jamoasi o‘z maydonida "Granada" futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli kechgan o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. 

Uchrashuvning 24-daqiqasida "Malaga" a’zosi Kamacho hisobni ochgan bo‘lsa, 81-daqiqada Kravets muvozanatni tikladi. 

Malaga – Granada 1:1

Gollar: Kamacho, 24 – Kravets, 81

Malaga: Boyko – Rosales, Diego Lorente, Vilyanueva, Migel Torres – Fornals, Kamacho – Ontiveros, Anor (Duda, 64), Xuan Karlos – Sandro Ramires

Granada: Ochoa – Tito (Kuenka, 73), Lomban, Soner, Gabriel Silva – Agbo (Bueno, 60), Samper, Andreas Pereyra – Boga, Kravets, Karsela (Ponse, 68)

Ogohlantirishlar: Migel Torres, Fornals, Vilyanueva – Tito, Agbo, Soner, Lomban, Kuenka

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!