
2030 yilgi jahon chempionatini ham Osiyo qit’asida o‘tkazilishi mumkin
Misr, Saudiya Arabistoni va Gretsiya 2030 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirishga tayyorlanmoqda.
Misr sport vaziri Ashraf Sobxi 4 avgust kuni Saudiya Arabistoni va gretsiyalik hamkasblari bilan 2030 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun qo‘shma ariza topshirishga yakuniy tayyorgarlikni ko‘rish maqsadida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Cairo24” nashri.
Xususan, Sobxi Al- Alameyn shahrida yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga qodir bo‘lgan yirik arena qurish niyatida ekani haqida gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Urugvay, Argentina, Paragvay va Chili 2030 yilgi jahon chempionatini birgalikda o‘tkazish uchun ariza topshirgan edi. Shuningdek, mezbonlikni qo‘lga kiritadigan mamlakatlar orasida Ispaniya va Portugaliya ham bor.
Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilgi mundialga Qatar mezbonlik qiladi.
Fikrlar