
22 yoshli Mbappe ajoyib natija qayd etmoqda
PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe "JCh-2022" saralashi doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
Ushbu bahs 22 yoshli futbolchi uchun professinaol faoliyatidagi 300-o‘yin bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda Mbappe bittadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Frantsuz hozirgacha jami 190 ta gol urib, 93 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Qayd etish joiz, Kilian amaldagi klubi PSJ bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Uning qishda "Real"ga o‘tishi borasida xabarlar tarqalmoqda.
Fikrlar