
3 bokschimiz "Gubernator kubogi"da final uchun jang qilishadi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha “Gubernator kubogi” musobaqasi davom etmoqda. Bugun musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun dasturida terma jamoamizning 3 ishtirokchisi final uchun ringga ko‘tariladi. Bugun jang qiladigan hamyurtlarimiz va ularning raqibi bilan tanishing:
-56 kg: Abdumalik Xalakov - Nazir Balaev (Rossiya)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov - Andrey Kirichenko (Rossiya)
-81 kg: Kozimbek Mardonov - Rishat Bakirov (Rossiya)
Janglar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar