
35 yoshli UFC jangchisi Makgregorni jangga chaqirmoqda
UFC jangchisi Donald Serrone engil va yarim engil vazn toifalarining sobiq jahon chempoini Konor Makgregorni jangga chaqirdi.
– Shunchaki, uni kutaman. Men bitta jangchini bilaman, – deya Donald Instagram sahifasiga Makgregor va o‘zining rasmlaridan iborat rasmlarni joylagan.
ESlatib o‘tamiz, 35 yoshli Serrone so‘nggi marta o‘tgan hafta UFC Fight Night 139 turniri doirasida ringga chiqib, birinchi raundda Mayk Perrini nokautga uchratdi.
Ayni damda Donald yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat yuritmoqda, bungacha u janglarni engil vaznda o‘tkazgan. Makgregor ham engil va yarim engil vaznlarda jang qiladi.
Serrone oxirgi 6 jangdan to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan. Irlandiyalik sportchi esa so‘nggi ikkita jangida Floyd Meyvezerga (boks qoidalari bo‘yicha jangda) va UFC doirasida Xabib Nurmagomedovga imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar