
38 yoshli Silva "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
Braziliyalik himoyachi Tyago Silva "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Jurnalist Jeykob Shtaynbergning yozishicha, tajribali futbolchi “aristokratlar” bilan amaldagi kelishuvini yana bir mavsumga uzaytirishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» va PSJ klublarining sobiq himoyachisi va ingliz klubi o‘rtasida imzolangan amaldagi shartnoma joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Biroq, "Chelsi" rahbariyati futbolchining 38 yoshga to‘lganiga qaramay, joriy mavsumdagi o‘yinidan juda hayratda.
"Chelsi" tarkibida Silva allaqachon Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, bu uning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.
Tyago joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar