39 yoshli Modrich futboldan qachon ketishini aytdi

  • 9 sentabr, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi pleymeykeri Luka Modrich uzoq yillardan beri yuqori darajada o‘ynab kelmoqda. O‘yinchining yoshi o‘tib qolayotgani bois ko‘pchilik undan faoliyatini qachon tugatishini so‘rayotgani tabiiy hol.

Tecno

39 yoshli yorim himoyachi ketishi haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi.

Mening yoshimda biror narsani oldindan taxmin qilish yoki aytish juda qiyin. Nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.

O‘zim maydonda o‘yindan bahra olayotganimni his qilsam, safda bo‘laman. Agar ishtiyoqni yo‘qotganimni sezsam, biror kim ketishimni aytishi shart emas, o‘zim to‘xtayman.

Salomatligim har narsadan ustun, qolgan hamma narsani o‘zim uddalay olaman, - dedi Luka Modrich.

Modrich 2018 yili “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!