Tayyorlov guruhlari. 2000/2001 yillar. “Nasaf” finalda!
Qarshi shahridagi “Nasaf” klubi qoshidagi maydonlarda davom etayotgan Oliy va birinchi liga klublari futbol maktablarining 2000/2001 yillarda tug‘ilgan futbolchilari o‘rtasidagi O‘zbekiston Birinchiligi davom etmoqda.
Bugun Eldor Moyliev qo‘l ostidagi 2000/2001 yillarda tavallud topgan futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari muboraklik tengdoshlari bilan yarim finalda bahslashishdi. Bu haqda “Nasaf” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Juda qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechgan uchrashuvda jamoamiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston Birinchiligi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi “Nasaf”ning yagona golini 73-daqiqada Sardor To‘raev kiritdi.
Endi yosh “Nasaf”chilar finalda “Paxtakor” - “Bunyodkor” juftligi g‘olibi bilan asosiy sovrin uchun kurash olib boradi.
Quyida uchrashuv qaydnomasini e’tiboringizga havola qilamiz.
Tayyorlov guruhlari. 2000/2001 yillar, yarim final
“Nasaf” (Qarshi) – “Mash’al” (Muborak) 1:0 (0:0)
“Nasaf” FM maydoni. 10:00da
Bosh hakam: Dauletbay Djalimov (Nukus)
Yordamchi hakamlar: Bektursin Kannazarov, Jalgasbay Saersenov (Nukus)
Zaxira hakami: Isxax Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: I.V.Nexochin (Namangan)
Gol: Sardor To‘raev, 73’-1:0.
“Nasaf”: 23.Abduvoxid Ne’matov, 4.Navro‘z Saidov, 5.Behro‘z Ravupov (18.Alpomish Mirov 55), 7.Abdulla Miyassarov, 8.Shohmalik Komilov, 10.Jamshid Abdullaev, 15.Nurbek Botirov, 16.Jasur Jumaev (s), 20.Sardor To‘raev, 33.Nodir Egamberdiev (28.Shaxzod Erkinov 43).
Zaxira: 12.Amirbek Lutfullaev, 14.Javohir Shokirov, 22.Abbos Jumaev, 27.Navro‘z Safarov, 77.Abubakirrizo Turdialiev.
“Mash’al”: 16.Rahim Abduqodirov (1.Dilshod Mustafoev 46), 18.Samandar Norqulov, 14.Islom Asilbekov, 3.Nurullo Yuldashev, 5.Behro‘z Shaydullaev, 9.Aliyor Ne’matov (26.Shuhrat Rahimov 46), 8.Otabek Odiljonov (s), 7.Jamoliddin Uralov, 6.Bekzod Axmadjanov, 24.Davlatjon Mo‘minov, 17.Mubashir Valiev.
Zaxira: 20.Zoir Tursunov, 11.Abdumalik Norqobilov.
Fikrlar