
41 yoshli Buffon "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda 41 yoshli posbon “Yuve” bilan mavsum so‘nggida yakunlanadigan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirmoqchi. O‘z navbatida turinliklar ham Buffonning jamoada qolishiga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, Buffon bir yillik tanaffusdan so‘ng “Yuventus”ga erkin agent sifatida qaytib kelgan edi. U joriy mavsum 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va shulardan 1 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar