44 yoshli o‘zbek MMA olamining bayroqdorlaridan biri yana jang qiladi

  • 16 aprel, 2022, 17:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbek MMA olamining ilk qaldirg‘ochlaridan biri bo‘lgan, turli xil promoushenlarda ajoyib janglari bilan barcha yurtimiz aralash jang san’atlari ixlosmandalrini mehrini qozongan Ayubxon Kamalov yana katta sportga qaytmoqda. 

Tecno

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Ayubxon Kamalov 29 may kuni Sirdaryoda tashkil etiluvchi "ATF Championship 10 " turnirida jang qilishi ko‘zda tutilmoqda. Hozircha, raqib aniq emas. 

Biz ushbu ta’bir joiz bo‘lsa, yurtimiz MMA olamining xaqiqiy legendalaridan hisoblanuvchi Ayubxon Kamalov bilan bog‘lanib, ushbu ma’lumot borasidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

- Ha, yana jang qilishni niyat qildim. Nasib qilsa, 29 may kuni Sirdaryoda oktagonga ko‘tarilaman. Raqib ham tez orada ma’lum bo‘ladi. Ramazon oyidan so‘ng, jiddiy tayyorgarlikni boshlaymiz. O‘ylaymanki, hali jang qilishga kuchimiz etadi va bu so‘ngi jangim bo‘ladi, deb o‘ylamayman.

Ma’lumot uchun, Ayubxon Kamalov yarim engil vazn (65.8 kg) toifasida o‘z jangini o‘tkazadi. Yurtdoshimiz 44 yoshni qarshi olgan va u Sunnat Ilyasov, Shavkat O‘roqov qatorida mamlakatimiz MMAsining bayroqdorlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!