
45 yoshli darvozabon bugun Frantsiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi assistenti Aleksandr Shovkovskiy bugun Frantsiyaga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yini qaydnomasiga kiritildi. Bu haqda Ukraina futbol assotsiatsiyasiga tayanib Tribuna.com xabar bermoqda.
UEFA reglamentiga ko‘ra, professional shartnomaga ega bo‘lmagan futbolchilar ham mamlakat terma jamoasi tarkibida maydonga tushishi mumkin.
Ayni damda 45 yosh bo‘lgan Shovkovskiy butun faoliyatini Kievning “Dinamo” klubida o‘tkazgan va 2016 yilda faoliyatini yakunlagan edi.
Bundan avvalroq, Ukraina terma jamoasining ikki nafar darvozaboni koronavirusga chalingani va karantinga olingani ma’lum qilingan edi.
Fikrlar