
5 futbolchisi gol urgan bahsda "Siti" 3 to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi
Angliya Kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Sautgempton" - "Manchester Siti" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 4:1 hisobida zafar quchdi.
"Shaharliklar" safida Rahim Sterling, Kevin de Bryuyne, Fil Foden, Riyod Mahrez hamda Aymerik Lyaport gol urdi. Faqatgina Lyaport to‘pni raqib emas, o‘z darvozasiga kiritib yubordi.
Shu tariqa, manchesterliklar ortiqcha qiyinchiliksiz yarim final chiptasiga ega chiqdi.
Fikrlar