6 ta gol kiritilgan o‘yinda "Borussiya D" poytaxt klubini taslim qildi (video)

  • 19.09.2021 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya Bundesligasining 5-turida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Union”ni qabul qildi.

“Signal Iduna Park”dagi o‘yinda muxlislar naqd 6 ta gol guvohi bo‘lishdi. Yakunda esa mezbonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Borussiya”ning g‘alabasini ta’minlagan gollar Rafael Gerreyru (10'), Erling Xoland (24', 83') va Marvin Fridrix (52' avtogol) hisobiga yozildi. “Union”ning gollarini Maks Kruze (57') va Andreas Foglzammer (81') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!