
8 nafar bokschimiz Bokuda shohsupaga ko‘tarildi (fotogalereya)
Rossiya, Qozog‘iston, Marokash, Iroq, Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Gruziyaning 117 nafar charm qo‘lqop ustalari ishtirok etgan turnirda hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘ardi.
Terma jamoamiz bunday natija bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu borada mezbon jamoa vakillari peshqadamlikni berishmadi. Kuchli uchlikni esa qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari band etdilar.
Iqboljon Xoldorov (-69 kg) – oltin
Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin
Obid Toxirov (+91 kg) – oltin
Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush
Shukurjon Rahimov (-60 kg) – kumush
Jasurbek Latipov (-49 kg) – bronza
Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) – bronza
Xurshid Abdullaev (-81 kg) – bronza
Quyida mazkur musobaqa taqdirlash marosimidan olingan eng sara fotosuratlar bilan tanishish imkoniga egasiz.


























Suratlar muallifi Ma’murjon Xatamov
Fikrlar