
"80 mln to‘langani uchungina Maguayr sardor!"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Parker jamoaning himoyasi haqida fikr bildirdi.
"Hozir ular "Portu"dan Aleks Tellesni olib kelmoqchi. Biroq men ularga chap qanot himoyachisi zarurligini allaqachon aytganman. Lyuk Shou qo‘lidan kelgan barcha narsani qilyapti, ammo unga ketma-ket jarohatlar pand bermoqda.
Shuningdek, himoyani mustahkamlash uchun ularga markaziy himoyachi ham kerak. Ularda transferi uchun 80 mln evro to‘langani uchungina sardor bo‘lgan Maguayr bor. MYuga orqa chiziqni tartibga keltira oladigan, De Xeaga yordam bera oladigan kuchli himoyachi kerak".
Fikrlar