9ta turda 13ta gol urgan Immobile A Seriya to‘purariga aylanib oldi
Rimning “Latsio” klubi forvardi Chiro Immobile A Seriyaning 9-turida “Kalyari”ga qarshi bahsda (3:0) dubl qayd etdi.
Aytish lozimki, 27 yoshli italiyalik futbolchi o‘tgan 9ta turda raqiblari darvozasiga jami 13ta gol (5ta penaltidan) kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa Immobile to‘purarlar poygasida o‘zining eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan Paulo Dibalani (“Yuventus”) 3ta golga ortda qoldirmoqda.



Fikrlar