AGMK o‘z tarixida ilk bor Qarshida "Nasaf" ustidan g‘alabaga erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Olmaliqning AGMK klubi bu tur Qarshiga, "Nasaf" maydoniga safar uyushtirdi. Mazkur bellashuvda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, AGMK o‘z tarixida ilk bor Qarshida "Nasaf"ni mag‘lub etishga erishdi. Bunga qadar vohada o‘tgan o‘zaro 10 ta o‘yinning 8 tasida "ajdarlar"ning qo‘llari baland kelgan edi. Qolgan 2 ta bellashuvda esa durang natija qayd etilgan edi.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar:

28.07.2018. "Nasaf" - AGMK 0:2

08.09.2017.  “Nasaf” – “Olmaliq” 1:0

08.08.2016.  “Nasaf” - “Olmaliq” 2:1

08.08.2015.  “Nasaf” - “Olmaliq” 2:0

07.11.2014.  “Nasaf” - “Olmaliq”  2:2

02.03.2013.  “Nasaf” - “Olmaliq”  2:2

01.07.2012.  “Nasaf” – “Olmaliq” 4:2

20.03.2011.  “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

26.08.2010.  “Nasaf” – “Olmaliq” 4:0

07.08.2009.  “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

10.05.2008.  “Nasaf” – “OTMK” 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!