AGMKning bo‘lajak raqibi haqida nimalarni bilasiz?
Olmaliq klubi matbuot xizmati esa bo‘lajak raqib haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. «Al-Nassr» futbol klubi Saudiya Arabistoni poytaxt jamoalaridan biri hisoblanadi. 1955 yilda tashkil etilgan klub, uy uchrashuvlarini 70000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan "Qirol Fahd" stadionida o‘tkazadi. Sh
uningdek, jamoa uchun 27000 muxlisga mo‘ljallangan "Shahzoda Faysal bin Fahad" stadioni ham xizmat ko‘rsatadi. OFKdan kelgan xabarga ko‘ra, mezbonlar AGMK jamoasiga qarshi uchrashuvni shu 27000 muxlis sig‘adigan arenada o‘tkazishni rejalashtirgan.
“Al-Nasr” o‘z tarixida 7 marta chempion bo‘lgan (1979/80, 1980/81, 1988/89, 1993/94, 1994/95, 2013/14, 2014/15), 7 marta Qirol kubogida zafar quchgan (1972/73, 1973/74, 1975/76, 1980/81, 1985/86, 1986/87, 1989/90), 3 marta Shahzoda kubogida g‘olib bo‘lgan (1972/73, 1973/74, 2013/14) va 3 marta Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi kubogi (1975/76, 1997/98, 2007/08) sohibi bo‘lgan.
Xalqaro maydonda Osiyo Kubok egalari kubogini (1998), Osiyo Superkubogini (1998), Damashq xalqaro kubogini (2004) va ikki marta Fors ko‘rfazi chempioni bo‘lgan.

Fikrlar