APL. "Chelsi" tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berdi
Londondagi "Stemford Brij" stadionida kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. 25-daqiqada Eden Azar Mateo Kovachichning uzatmasidan so‘ng birga-bir vaziyatga chiqib bordi va Alisson qo‘riqlayotgan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.
O‘yin so‘nggida esa zaxiradan maydonga tushgan Deniel Starrij dahshatli zarba bilan Arissabalaga qo‘riqlayotgan darvozaga to‘pni mixlab qo‘ydi va jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Fikrlar