
APL. “Tottenxem” gollar shousida “Vulverxempton”dan ustun keldi
Angliya chempionati 11-turidan “Vulverxempton” jamoasi o‘z maydonida “Tottenxem” futbolchilarini qabul qildi.
Gollarga boy kechgan bellashuvda “Tottenxem” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Qayd etish lozimki, londonliklar o‘yin davomida 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
Vulverxempton – Tottenxem 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 27 Lamela, 0:2 – 30 Lukas Moura, 0:3 – 61 Keyn, 1:3 – 68, penalti Ruben Nevesh, 2:3 – 79, penalti Ximenes.
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Bennett, Koudi, Boli, Doerti, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 62), Ruben Nevesh, Kastro, Elder Koshta (Traore, 84), Ximenes, Kavaleyru (Leo Bonatini, 62).
Tottenxem – Loris, Tripper, Foyt, Alderveyreld, Devis, Uinks, Dembele (Son Xin Min, 7; Eriksen, 59), Sissoko, Lamela, Lukas Moura (Sanches, 79), Keyn.
Ogohlantirishlar: Bennett (24), Foyt (78), Uinks (87).
Fikrlar