
APLda “Liverpul” to‘xtamayapti. Yurgen Klopp jamoasi chempion bo‘ladimi?
Yurgen Klopp “Liverpul”ni 2015 yil oktyabr oyidan beri boshqarib kelmoqda. Bu uch yil ichida klubi turli transferlar uchun yarim milliard evro sarfladi. Tezda evrokuboklar ikkita finaligacha etib bordi, ammo APLda to‘rtinchi o‘rindan yuqorisiga umuman ko‘tirila olmadi. Klub sovrinlari muzeyi eski mukofotlarini hamrn sog‘inmoqda.
– Chempionatning nomdor klublari bilan ajoyib o‘yin namoyish etayotgan jamoaning negadir kuchsiz raqiblarga qarshi bahslarda qimmatli ochkolarni boy berib keladi. Aynan shu sabab “Liverpul” erta chempionlik poygasidan chiqib ketadi va hattoki kuchli uchlikka ham kira olmaydi. Vaholanki, MYu, “Chelsi” va “Arsenal”da ham “Liverpul”nikiga o‘xshash muammolar bo‘ladi.
– Bu mavsum “Liverpul” birdaniga ikkita transfer rekordini o‘rnatdi. Oldiniga klubga jahonning eng qimmat himoyachisi – Virjil van Deyk (78,8 million evro) kelgan bo‘lsa, keyin eng qimmat darvozabon – Alissonga 62,5 mln evro sarflandi.
– “Liverpul”ning ajoyib starti umuman olganda yangilik emas. Kloppning klubdagi ilk mavsumida (2016/17), “qizillar” 11 turdan so‘ng atigi uch o‘yinda ochko yo‘qotib, birinchi o‘rinda borayotgan edi. Keyin eski tarix boshlandi – “Bornmut”, “Suonsi” va “Xall Siti”dan mag‘lubiyat va chempionlik orzusi bilan xayrlashildi. Bir yil oldin dastlabki 9 o‘yinda jami 3 g‘alaba (o‘shanda safarda “Tottenxem” 1:4 hisobida mag‘lub etilgan) qayd etishgan, keyin uch oylik mag‘lubiyatsiz seriya, ammo yana navbatdagi “qora an’ana” jamoaga ta’sir qilmay qolmadi. “Liverpul” o‘shanda hech kim to‘xtata olmay kelayotgan Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” rekordini urgan edi.
– Endi “Liverpul” o‘zi rekord qayd etmoqda. Albatta, bu hozircha ichki rekord. Mersisaydliklar dastlabki besh o‘yin – “Vest Xem”, “Kristal Pelas”, “Brayton”, “Lester” va “Tottenxem”ni umumiy 11:2 hisobida mag‘lub etdi. Bunday muvaffaqiyatli start hali APL tarixida klubda (“Liverpul”) bo‘lmagan. Angliya chempionatlarida ikki marta – qayd etilgan (so‘nggi marta 1990/91 mavsumda). Modaga kirgan hisob: bir-ikki gol, faqatgina “Vest Xem” to‘rtta o‘tkazib yubordi. Ammo o‘tkazib yuborilgan to‘plarning barchasi ikkita. O‘tgan mavsum 9 ta edi. Undan oldingi mavsum sakkizta. Qiziq, bu ishonchli do‘st va safdosh Jelko Buvachning klubdan ketishi bilan bog‘liqmikan-a?
– “Manchester Siti”, “Chelsi”, MYu va “Arsenal”ga qarshi o‘yinlar hali oldinda, ammo “Tottenxem” ustidan qozonilgan zafar esda qolarli bo‘ldi, albatta, hisob bo‘yicha emas, o‘yin bo‘yicha. Intriga esa qo‘shib berilgan vaqtdagi yuz berdi.
Keyingi 19 kun “Liverpul” uchun dahshatli o‘yin taqvimi: EChLda PSJ (18.09) va “Napoli” (03.10), Liga kubogida “Chelsi” (26.09), chempionatda “Sautgempton” (22.09), “Chelsi” (29.09) va “Man Siti” (07.10). Juda sinchkovlik bilan ham bu o‘yinlar natijalarini bilish qiyin. Kuchsizroq jamoalarni yutishga o‘rganganga o‘xshaydi, ammo kuchlilarnichi? O‘yin bo‘yicha Londondagi bahslar haqida fikr yuritish hozircha biroz erta.
Fikrlar